Kelgusi o‘quv yilidan faqat davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari belgilanadi

Ona tilini videodarslar orqali Professional ustozlardan BEPUL o'rganing.– Registon o‘quv markazi
Prezident qaroriga muvofiq, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-dekabrga qadar:
– oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarida faqat davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarini belgilash;
– to‘lov-kontrakt asosidagi qabul ko‘rsatkichlarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilash. Bunda, to‘lov-kontrakt asosidagi qabul ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan miqdordan kam bo‘lmasligi lozim;
– iqtidorli talabalarni nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida ham davlat granti asosida o‘qitish bo‘yicha Hukumatga asoslantirilgan takliflarni kiritadi.