Kimlar to‘lov-kontrakt to‘laganda 12% soliq imtiyozini qaytarib ololmaydi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Kontraktning 12 foizini qaytarib olish uchun soliq idorasiga borgan edim, ular menga 12 foizni qaytarib olishim uchun ota-onam yoki o‘zim davlat ishida ishlagan bo‘lishim kerakligini aytishdi. Hech qayerda ishlamay turib to‘lagan kontraktning 12 foizini qaytarib ololmaymanmi?
Javob: Ayni paytda O‘zbekiston hududida daromad solig‘i 12 foizni tashkil qiladi. Ya’ni har bir davlat ishchisi yoki qaysidir xususiy sektorda rasmiy ish faoliyat yurituvchi xodim olayotgan oyligidan 12 foiz ushlab qolinadi. Rasmda ko‘rib turganingizdek qaysidir xodim 4 million oylik olsa u shu oylikdan 88 foizini oladi xolos, 12 foizi daromad solig‘i sifatida davlat g‘aznasiga ushlab qolinadi.
Davlat ishchilarining deyarli barchasi daromad solig‘i to‘laydi, lekin barcha xususiy sektordagilar ham daromad solig‘i to‘lamaydi, ya’niy shtatda ishlashmaydi, shartnoma asosida yoki og‘zaki kelishuv asosida ishlashlari mumkin, unday xodimlardan daromad solig‘i ushlab qolinmaydi va oyligi butun beriladi, shuningdek ularga staj ham yozilmaydi. Bunday xodimlarga kredit ham berilmaydi, ular daromad solig‘i to‘lamaganligi sababli o‘zining, turmush o‘rtog‘ining yoki farzandlarining kontraktlarini to‘lagani uchun 12 foiz daromad solig‘ini ham qaytarib ololmaydi.
✅ Demak, xulosa shuki to‘langan kontraktning 12 fozini qaytarib olish uchun siz yoki ota-onangiz yoki turmush o‘rtog‘ingizning rasmiy ishda ishlayotgan bo‘lishi va oyligidan 12 foiz daromad solig‘i ushlab qolingan bo‘lishi kerak, deya yozmoqda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash kanali.
Soliq chegirmasini olish uchun to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:
- o‘z mablag‘lari;
- jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
- yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari.
To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklarasiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.
Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:
- to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;
- bank bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
- OTM hisob raqamiga pul mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
- pasport nusxasi va talabaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi.
Huquqiy asos: lex.uz/docs/-4674902