Grantlar

King Abdullah University: Saudiya Arabistonida magistartura hamda doktorantura bosqichlari uchun to‘liq grant

King Abdullah University: Saudiya Arabistonida magistartura hamda doktorantura bosqichlari uchun to‘liq grant

1 544 ko'rish

King Abdullah University: Saudiya Arabistonida magistartura hamda doktorantura bosqichlari uchun to‘liq grant

Umumiy Ma’lumotlar:

Saudiya Arabistonida eng nufuzli oliygohlaridan biri "King Abdullah University of Science and Technology" tomonidan magistaruta hamda doktorantura bosqichlari uchun to‘liq moliyalashtiriluvchi grant dasturlarini e’lon qildi.

King Abdullah University: Saudiya Arabistonida magistartura hamda doktorantura bosqichlari uchun to‘liq grant

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar hamda kerakli hujjatlar:

  • IELTS kamida 6.5 yoki TOEFL 79 (agarda nomzod bakalavriat bosqichini Amerika, Kanada, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Avstraliya va Yengi Zelandiya kabi davlatlardan birida tahsil olgan bo‘lsa til sertifikati talab etilmaydi);
  • Univeristet baholari;
  • CV/Resume;
  • Ushbu univeristetda o‘qishni sababini ko‘rsatib beruvchi maqsad bayonoti(Statement of purpose);
  • 3 ta tavsiyanoma;
  • GRE sertifikati (majburiy emas ammo bo‘lsa grant yutish ehtimoli ko‘tarilishi mumkin);

Ushbu grantning manfaatli jihatlari: Qabul qilingan barcha talabalar KAUST stipendiyasi imtiyozlarini olishadi.KAUST stipendiyasining afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • To‘liq o‘qish pullari qoplanadi;
  • Oylik yashash uchun stipendiya ajratiladi (har yili 20,000-30,000 dollar oralig‘ida, yo‘nalishlarga qarab);
  • Uy-joy nilan ta’minlanadi;
  • Tibbiy va stomatologik ko‘rik xarajatalari qoplab beriladi;

Batafsil ma’lumotlar hamda savollar yuzasidan quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin:

Graduate Affairs
Engineering Building (Building 9), Suite 4328
4700 King Abdullah University of Science and Technology
Thuwal 23955-6900​
Kingdom of Saudi Arabia

admissions@kaust.edu.sa

Ulashish

Aloqador maqolalar

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish