Kirish imtihonlari uchun test savollari qaysi mavzular asosida tuziladi?
25-fevral 07:14

➡️ BATAFSIL
Testlar qaysi mavzular bo‘yicha tuziladi?
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida test savollari turli fanlar bo‘yicha aniq mavzularga asoslanib tuziladi. Quyida majburiy fanlar bo‘yicha test savollarining taqsimoti keltirilgan.
Majburiy fanlar bo‘yicha test mavzulari
1. Ona tili (o‘zbek):
- Orfografiya va punktuatsiya – 40 %
- Leksikologiya, uslubiyat – 40 %
- Grammatika – 20 %
2. Ona tili (rus):
- Fonetika – 10 %
- Leksika – 10 %
- Grammatika – 40 %
- Orfografiya – 40 %
3. Ona tili (qoraqalpoq):
- Fonetika – 10 %
- Leksika – 20 %
- Grammatika – 40 %
- Orfografiya – 30 %
4. Matematika:
- Sonlar va ular ustida amallar – 40 %
- Foiz, proporsiya va tenglama – 30 %
- Geometriya – 30 %
5. O‘zbekiston tarixi:
- Qadimgi va o‘rta asrlar tarixi – 35-45 %
- XVI-XX asr boshlaridagi tarixiy davr – 35-45 %
- Sovetlar davri va mustaqillik davri tarixi – 20-25 %
Mutaxassislik fanlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot rasmda keltirilgan.
Eslatma:2025-yil uchun yangilangan ma’lumotlar hozircha taqdim etilmagan. Yangilangan taqsimot e’lon qilinishi bilanoq sizga xabar beramiz.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Super-kontrakt uchun arizalar qabuli boshlandi
30-avgust 16:25