Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

KOICA master’s degree scholarships

9.04.2022 10:26
KOICA master’s degree scholarships

Muddati:

05.05.2022

Davlat:

Janubiy Koreya

Rasmiy havola:

www.koica.go.kr

Grant turi:

Magistratura

Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) 2022-yil uchun qo‘shimcha uzoq muddatli magistrlik dasturlarida qatnashish uchun nomzodlar qabuli boshlandi!

Talablar:
-O‘zbekiston hukumati tomonidan KOICA dasturida ishtirok etish uchun tavsiya etilgan O‘zbekiston fuqarolari;
-Davlat xizmatchilari, davlat tashkilotlari va korxonalari xodimlari, banklar tadqiqot institutlari xodimlari, davlat maktablari o‘qituvchilari;
-O‘zbekiston Respublikasida rasmiy tasdiqlangan bakalavr diplomiga ega bo‘lishi;
-Topshirmoqchi bo‘layotgan sohada kamida 2 yillik mehnat tajribasiga ega bo‘lishi;
-Ingliz tilida ta’lim olish uchun yetarli darajaga ega bo‘lish.

Yanada to‘liq ma’lumot olish uchun har bir yo‘nalishning Ariza topshirish yo‘riqnomasi (Application guideline) bilan va O‘quv dasturi bo‘yicha ma’lumotnoma (Program information) bilan tanishib chiqshingizni so‘raymiz.

Qo‘shimcha qabul quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘ladi:
1. Social Economy (KAIST)
2. Response to Climate Change (Incheon National University)
3. Applied Artificial Intelligence (Major in Digital Innovation) (Hanyang University)
4. Control of Infectious Disease (Yonsei University)
5. Digital Transformation Technology (Soongsil University)
6. Asian Smart City (Sungkyunkwan University)
7. Asian High Value-added Agriculture (Kyungpook National University)
8. Asian Civil Society Leadership (Ajou University)
9. Asian Gender Leadership (Ewha Womans University)

O‘zingizni qiziqtirgan soha va unga mos grantni tanlab, hujjat topshiring va grant sohibiga aylaning!

Talab qilingan barcha hujjatlarni taqdim etish muddati: 2022-yil, 5-maygacha.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun KOICA ning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga murojaat qiling:

+99890 045 4228 / koica.sp@gmail.com
Batafsil.