Kolumbiyadagi maktab o‘quvchilari maktabga borish uchun xavfli yo‘ldan o‘tishadi
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Pо‘lat simlar Kolumbiyaning chekka Los Pinos qishlog‘ida yashovchilar uchun yagona transport turi hisoblanadi. Kichik yoshdagi bolalarga kanat yo‘lidan o‘tishga ruxsat berilmaydi, shu sababli ular maktabga ota-onalari yoki katta aka-opalari bilan borishadi. Aks holda bolalar darsga borish uchun ikki soatlik tropik o‘rmon yo‘lidan yurishlariga to‘g‘ri keladi.
Ilm olishning mashaqatli yo‘li
Kolumbiyadagi bolalar uchun maktabga borish haqiqiy sinov. Pо‘lat simlardan o‘tish nafaqat xavfli, balki jismoniy jihatdan ham qiyin. Bolalar bu yo‘lni yengish uchun ota-onalari yoki katta aka-opalarining yordamiga muhtoj.
Sizning ilm egallash yo‘lingiz qanday?
Bu savol har birimizni o‘ylantirishi kerak. Kolumbiyadagi bolalarning ta’lim olish yo‘lida duch keladigan qiyinchiliklari bilan solishtirganda, bizning sharoitlarimiz ko‘p hollarda ancha qulay. Shunday ekan, ilm olishga intilmaslik uchun bahonalarimiz haqiqatan ham uzrlikmi?