Kontraktni to‘lamaganlar oraliq va yakuniy imtihonlardan chetlatilishi mumkinmi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Talabalik huquqlari: Kontraktni to‘lamaganlar imtihonlardan chetlatilishi mumkinmi?
Ko‘plab talabalar va ota-onalar kontraktni to‘liq to‘lamagan holda oraliq yoki yakuniy imtihonlardan chetlatilish masalasida savollar bilan murojaat qilishadi. Ushbu maqolada mazkur masalaning qonuniy jihatlarini ko‘rib chiqamiz.
Talabani imtihonlardan chetlatish qonuniymi?
Yo‘q, bu qonuniy emas. Yakuniy va oraliq imtihonlarga talabani kiritmaslik uchun kontrakt to‘lamaslik sabab bo‘la olmaydi. Qonunchilikka ko‘ra, agar talaba umuman kontrakt to‘lamasa, uni talabalikdan chetlatish mumkin, ammo oraliq yoki yakuniy imtihonlardan chetlatish, darsga kiritmaslik, baholamaslik kabi harakatlar noqonuniy hisoblanadi.
Kontrakt to‘lashning belgilangan muddatlari
Talaba kontrakt to‘lovini qonunchilikda belgilangan muddatlarga muvofiq amalga oshirishi zarur. Quyida ushbu muddatlar keltirilgan:
-
25% to‘lov: Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun esa 1-oktyabrgacha yoki OTM tomonidan uzaytirilgan muddatgacha to‘lanishi kerak.
-
50% to‘lov: Kontrakt to‘lovining kamida yarmi 1-yanvargacha amalga oshiriladi.
-
75% to‘lov: To‘lov miqdorining uchdan uch qismi 1-aprelgacha bo‘lishi kerak.
-
100% to‘lov: To‘liq to‘lov 1-iyulgacha amalga oshirilishi kerak. Xorijiy fuqarolar uchun muddatlar OTM tomonidan belgilanadi.
G‘ayriqonuniy harakatlar
Oraliq yoki yakuniy imtihonlardan chetlatish, darsga kiritmaslik, fandan ataylab yiqitish kabi harakatlar noqonuniy hisoblanadi. Talabalar huquqlari ta’minlanishi shart, shuningdek, barcha harakatlar qonun doirasida amalga oshirilishi kerak.