Ijarada turuvchi talabalarning ijara puli miqdorining 50 foizini to‘lash tartibi
23.04.2021 05:14

Prezident “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
2021 yil 1 maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi. Bunda:
- ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari, qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravaridan oshmasligi lozim;
- ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi;
- oliy ta’lim muassasalari tomonidan ularning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Rasman: Oliygohlarda to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi
07.09.2023 09:51
Xotin-qizlarning kontrakt pullari to‘lab beriladi
30.08.2023 15:13