Maastricht University Scholarships : Gollandiyada magistratura va doktorontura bosqichlari uchun to‘liq moliyalashtiriluvchi grant
Muddati:
01.02.2022
Davlat:
Niderlandiya
Rasmiy havola:
Grant turi:
Doktorantura, Magistratura
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Umumiy Ma’lumotlar:
Holland Scholarship barcha Yevro Ittifoqqa a’zo bo‘lmagan davlatdagi yoshlarining Maastricht Universityda magistratura bosqichida ta’limlarini davom ettirish uchun ajoyib imkoniyat. Magistratura bosqichining davomiyligi yo‘nalsihlarga qarab o‘zgarishi mumkin:
- 1 Yillik Kurslar-13 oydan iborat ;
- 2 yillik kurslar-25 oydan iborat;
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha magistratura bosqichida tahsil olishinggiz mumkin:
- San’at va ijtimoiy fanlar;
- Tibbiyot, sog‘liqni saqlash va hayot fanlari;
- Muhandislik;
- Huquq, bizness va Iqtisodiyot;
- Psixologiya;
Grantning afzalliklari;
- 1 Yillik kurslar uchun yashash xarajatlari uchun € 12,350 Yevro stipendiya;
- 2 Yillik kurslar uchun €23,750 Yevro stipendiya;
- Tibbiy Sug‘urta - 700 Yevro ;
- Viza xarajatlari uchun-192 Yevro;
- Kontrak to‘lovlar (yo‘nalishlarga qarab o‘zgaradi)- 13.800,16.000,16.800 Yevro miqdorda to‘lab beriladi;
- Va boshqa treyning kurslari xarajatlari qoplanadi;
Dasturga qabul jarayoni:
- Maastrich Universitetidatidagi Ushbu Magistratura yo‘nalishlaridan biridan ro‘yxatdan o‘ting va shuningdek yo‘nalishinggzga tegishli batafsil ma’lumotlar bilan tanishib chiqing so‘ngra bu yerdan ro‘yxatdan o‘tib bo‘lganinggizdan so‘ng ID kodga ega bo‘lasiz ;
- Shuningdek quyidagi hujjatlar talab etiladi:
1) CV;
2) Motivatsion Xat;
3) Bakalavriatdagi baholaringgiz;
4) Tavsiya beruvchi shaxsning kontakt ma’lumotlari;
5) Passport Nusxasi;
Nomzodlar uchun talablar:
- Yevro Ittifoqqa a’zo bo‘lgan davlatlar hamda Surinam va Shvetsariya davlat fuqorolari topshira olishmaydi;
- Nomzod o‘zi topshirayotgan yo‘nalishga mos kelishi zarur;
- Nomzod ilgari Niderlandiyada bakalavriat bosqichida talim olmagan bo‘lishi lozim;
- Talabalar almashinuvi dasturi orqali kelib ketgan talabalarga ustunlik beriladi;
- 35 yoshdan kattalar topshira olmaydi;
- Bakalavriat baholari a’lo darajada bo‘lishi zarur;
Dastur uchun ro‘yxatdan o‘tishdan oldin dastur haqida rasmiy sahifasi orqali ham tanishib chiqing!!!