Magistraturadagi o‘qish mehnat stajiga o‘tadimi?
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Savol: Magistraturaning 2 yil o‘qish muddati “trudovoy”ga o‘tadimi? Magistraturani kontraktga o‘qib, 2 yillik trudovoyimga yozilgan mehnat staji bilan diplomni olish mumkinmi? Magistraturaning 2-kursida maktabda 1 yil ishlagandim ham.
Javob: O‘zbekiston Respublikasida mehnat staji bilan bog‘liq masalalar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi.
Mazkur Qonunning 37-moddasi “e” bandiga asosan, oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi o‘qish ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan faoliyat turi sanaladi. Ya’ni, sizning magistraturada ta’lim olgan 2 yillik o‘qish davringiz mehnat staji hisoblanadi. Shuningdek, magistraturaning 2-kursida maktabda 1 yil ishlagan davriz ham mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Magistraturada kontraktda bitirgan bo‘lsangiz, diplomni darhol olishga huququngiz bor. Magistraturada kontrakt asosida o‘qiganlarga nisbatan mehnat staji yoki boshqa shunga o‘xshash shartlarni talab qilish mutlaqo asossizdir. Chunki, “Magistratura to‘g‘risidagi Nizom”da diplom olish uchun “mehnat staji shart”ligi talabi ko‘rsatilmagan.
Sizning holatingizda sizdan “mehnat stajini talab qilgan” shaxs xatti-harakatlari noqonuniy bo‘lib, uning ustidan o‘sha ta’lim muassasasi rektoriga, Mehnat vazirligi yoki uning viloyatlardagi boshqarmalariga yoxud sudga shikoyat bilan murijaat qilishiz mumkin. Shikoyat qilishga yozma asos bo‘lishi uchun avvalambor siz ta’lim olgan muassasa rektori nomiga diplomni berish to‘g‘risida ariza yozing va sizga yozma ravishda javob berishni talab qiling. Arizani ikki nusxada yozib, bir nusxasiga qabul qilib olgan shaxs ismi bilan sanasini yozdirib oling. Agar murojaatingizga 30 kun muddat ichida javob berilmasa, topshirilgan ariza nusxasi yuqori turuvchi idoraga shikoyat qilishingiz uchun asos bo‘ladi. Arizangizga rad javobini (yozma) olgan taqdirda ham yuqorida nomi ko‘rsatilgan mutasaddi shaxslarga yoki sudga murojaat qilishingiz mumkin.