Magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplab beriladi
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) asosida davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Bu tartib Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Bosh prokuratura akademiyasi, Iqtisodiy va moliya vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasi uchun ham amal qiladi.
❗️Buning uchun talabgor to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan o‘zlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentyabrgacha ariza bilan murojaat etadi.
⛔️ Tatbiq etilmaydi:
— 15-sentyabrdan kechiktirib topshirilgan arizalarga;
— tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlariga;
— qo‘shma taʼlim uchun.
Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqilib, ro‘yxat shakllantiriladi.
Umumlashtirilgan talabgorlar ro‘yxati 5 ish kunida to‘lov-kontraktlarni qoplab berish uchun OTMning idoraviy mansubligiga ko‘ra tegishli vazirliklar va idoralarga yuboriladi.
To‘lov-kontrakt summasini qoplab berish to‘g‘risida joriy o‘quv yilining 15-oktyabriga qadar tegishli OTM rektori (filial direktori) buyrug‘i qabul qilinadi.