3-4 kurs talabalari maktabgacha ta’lim tizimida ishlashlari mumkin. Oylik maosh qancha?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori 72 bandiga ko‘ra, Oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarning 3-4-kurslarida o‘qiyotgan talabalar davlat maktabgacha ta’lim tizimida pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin.
Bunda ularga o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari
Lavozim nomi | Bazaviy tarif stavkasi miqdori (so‘m) | |||||
oliy malaka toifali | birinchi malaka toifali | ikkinchi malaka toifali | oliy ma’lumotli | o‘rta maxsus (kasb-hunar) ma’lumotli | ||
1. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari metodistlari, inspektor-metodistlari | 1 905 340 | 1 796 024 | 1 681 867 | 1 570 548 | x |
2. | Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining metodistlari | 1 754 102 | 1 590 760 | 1 489 903 | 1 391 628 | x |
3. | Til o‘qituvchilari, o‘qituvchi-defektolog, o‘qituvchi-logoped, psixologlar, oliy ma’lumotli tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari | 2 095 874 | 1 975 627 | 1 850 054 | 1 727 603 | 1 203 660* |
4. | Maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘qituvisi (3-banddagidan tashqari) | 1 620 021 | 1 510 347 | 1 403 920 | x | 1 203 660 |
5. | Tarbiyachi-metodist, tarbiyachi (oliy ma’lumotli tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilaridan tashqari) | 1 510 347 | 1 403 920 | 1 301 738 | 1 203 660 | 1 111 444 |
6. | Musiqa xodimi, xoreograf, barcha ixtisosliklar yo‘riqchilari | 1 329 081 | 1 222 677 | 1 120 510 | 1 023 015 | 930 302 |
7. | Oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar pedagogik ma’lumotli tarbiyachi yordamchisi | 1 014 333 | ||||
8. | Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar nopedagogik ma’lumotli va umumiy o‘rta ma’lumotli tarbiyachi yordamchisi | 845 278 |
Lavozim nomi | Bazaviy tarif stavkalari miqdorlari (so‘m) | |||
I guruh | II guruh | III guruh | ||
1. | Mudir | 2 327 553 | 2 188 680 | 2 051 955 |
2. | Mudir o‘rinbosari, sho‘ba mudiri | 1 919 166 | 1 788 525 | 1 660 748 |
3. | Kadrlar bo‘yicha mutaxassis, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis | 1 107 135 | 1 022 197 | 1 022 197 |
Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining guruhlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonidan kelib chiqib, quyidagicha aniqlanadi:41 va undan ortiq maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lganda — I guruh;21 — 40 maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lganda — II guruh;20 tagacha maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lganda — III guruh;
III. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri: | |||
Lavozim nomi | Bazaviy tarif stavkalari miqdorlari (so‘m) | ||
I guruh | II guruh | ||
1. | Direktor | 1 782 700 | 1 661 382 |