2022-2023 o‘quv yilida maktablarda 9-sinf o‘quvchilari ham, 11-sinf o‘quvchilari ham 6 ta fandan imtixon topshiradi
17.03.2023 00:51

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 6-martdagi "2022-2023-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yakuniy davlat attestasiyasini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida"gi 46-sonli buyrug‘iga ko‘ra quyidagi fanlardan yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkaziladi:
9-sinflar uchun:
- Ona tili va adabiyot (yozma, bayon);
- Matematika (yozma);
- O‘zbek tili - ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun / Rus tili - ta’lim rus tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun (og‘zaki);
- Tarix (og‘zaki);
- Jismoniy tarbiya (amaliy);
- O‘quvchining tanlovi bo‘yicha* (og‘zaki).
11-sinflar uchun:
- Ona tili va adabiyot (yozma-insho);
- Matematika (yozma);
- O‘zbek tili (ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun) / Ta’lim muassasasi tanlovi** (yozma va og‘zaki)
- Chet tili (yozma va og‘zaki);
- O‘zbekiston tarixi (og‘zaki);
- O‘quvchining tanlovi bo‘yicha* (og‘zaki).
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Maktablardagi ayrim lavozimlar qisqarishi mumkinmi?
05-aprel 17:56
O‘quvchilar uchun bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi
4.03.2024 20:52
Nukusda bir maktabning 64 nafar o‘quvchisi IELTS oldi
29.04.2023 15:22
Prezident maktabiga qachon va qanaqa hujjatlar topshiriladi?
29.04.2023 15:02