Maktablarda ikkinchi xorijiy til joriy etiladi

Talabalik Nordikdan boshlanadi!
➡️ BATAFSILO‘zbekiston Respublikasi Maktab ta’limi vazirligining buyrug‘iga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim tizimida ikkinchi xorijiy til o‘qitilishi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bu yangilik bilan bir qatorda, biznes va kasb-hunarga yo‘naltirish ham ta’lim jarayoniga integratsiyalashadi.
Yangi tartib nimani o‘z ichiga oladi?
-
Yuqori sinf o‘quvchilari (aniq bosqichlar keyinchalik belgilanadi) uchun ikkinchi xorijiy til joriy qilinadi;
-
Bunda til o‘qitish amaliy kasb va biznes ko‘nikmalari bilan birgalikda olib boriladi;
-
Mazkur yondashuv orqali o‘quvchilar mehnat bozoriga tayyor va ko‘p tilda so‘zlasha oladigan mutaxassis sifatida shakllanishi kutilmoqda.
Qanday maqsad ko‘zlangan?
Ushbu qaror orqali:
-
Til bilish darajasi va kommunikativ salohiyat oshiriladi;
-
Maktab bitiruvchilari kasb-hunarga tayyor bo‘lib chiqadi;
-
O‘quvchilar nafaqat oliygohga tayyorlanadi, balki hayotda mustaqil ishlay olish ko‘nikmalarini egallaydi.
Rasmiy hujjat:
Qaror tafsilotlari bilan tanishish uchun quyidagi havola orqali buyrug‘ni ko‘chirib olishingiz mumkin: 🔗 Rasmiy hujjat — Google Drive