Markaziy bank bakalavriat va magistratura talabalari uchun maxsus stipendiya tanlovini e’lon qiladi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Mazkur tanlovda bank ishi, iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, moliya va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi ta’lim muassasalarida bakalavriat (kunduzgi o‘qish shakli) so‘nggi bosqichida hamda magistratura yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar tanlov asosida ishtirok etadi.
- Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti;
- Toshkent shahridagi Vebster universiteti;
- Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
- Toshkent moliya instituti;
- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;
- Toshkent shahridagi INXA universiteti;
- Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Stipendiatlarga qo‘yiladigan talablar:👇
- o‘quv jarayonida (so‘nggi o‘quv yili natijalariga ko‘ra) yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi (86% dan yuqori);
- davlat tilini mukammal bilishi;
- xorijiy tillarni (rus va ingliz) bilishi, eng kamida B2 darajasida.
Qo‘shimcha ustunlik beriladi:👇
- ASSA va boshqa xalqaro sertifikatlar;
- Python (numpy, pandas, matplotlib) dasturlash tilida ishlay olishi;
- Data parsing (beautiful soup, selenium) dasturida ishlay olishi;
- Power BI, Qlik platformalarida ishlay olishi;
- IELTS 7.0 darajasi;
- sohaga oid xalqaro yoki respublika olimpiadasi g‘olibi yoki sovrindorlari.
❗️Hujjatlar joriy yil 13 sentyabrga qadar qabul qilinadi. Qo‘shimcha ma’lumotlarni OTMning rektorati orqali olishingiz mumkin.