Oliy ta’limda masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi shakllantiriladi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Oliy ta’lim muassasalari imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim shakllari, shu jumladan masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha ham qabul kvotani shakllantirish rejalashtirilmoqda.
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, 2022 yilda kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida qabul parametrlarini oshirish mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, 2022 yilda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 38 foizga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyati yanada kengaytiriladi, bunda bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish orqali yoshlarni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyati yaratiladi.
Qabul parametrini shakllantirish va tasdiqlashni soddalashtirish, ushbu jarayonda oliy ta’lim muassasalari vakolatini kengaytirish ham nazarda tutilgan.
Bunda, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilash tartibi joriy etiladi, 2026 yilda qabul ko‘rsatkichi kamida 250 mingga yetkaziladi.