Matematika fanidan milliy sertifikat imtihoni spetsifikatsiyasi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
MATEMATIKA FANIDAN MILLIY TEST TIZIMI UCHUN TEST VARIANTI TAFSILOTI
Mazkur test varianti tafsilotining maqsadi umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi doirasida matematika fanidan talabgorlarning bilim darajasini aniqlash va sertifikatlash uchun qo‘llaniladigan test varianti formati (topshiriqlarsoni, turi, vaqt me’yori), fan mazmuni tarkibi, kognitiv ko‘nikma darajalari, talabgorlarningtayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar va baholash mezonlarini belgilashdan iborat.
I. TEST TOPSHIRIQLARINI ISHLAB CHIQISH UCHUN ASOS BO‘LUVCHI ME’YORIY HUJJATLAR
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Matematika sohasidagi ta’lim sifatinioshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-maydagi PQ – 4708-son qarori;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilishdarajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 12-oktyabrdagi 646-son qarori;
- Matematika faniga oid amaldagi davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi.II. QAMRAB OLINGAN BO‘LIMLAR
Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi asosida matematika fanining quyidagibo‘limlari qamrab olinadi:
- Sonlar va amallar
- Algebraik shakl almashtirishlar
- Tenglama va tengsizliklar
- Funksiyalar
- Matematik analiz asoslari
- Geometriya
- To‘plam, mulohazalar, ma’lumotlar tahlili, kombinatorika, ehtimollar nazariyasi vamodellashtirish
III. TEST TOPSHIRIQLARINING TURLARI
- Y-1 – bitta to‘g‘ri javobga ega bo‘lgan muqobil javobli yopiq test topshirig‘i.
- Y-2 – moslashtirishni talab qiladigan muqobil javobli yopiq test topshirig‘i.
- O – qisqa javobni talab qiladigan (a va b bandlarga bo‘lingan) ochiq test topshirig‘i.
IV. MATEMATIKA FANIDAN TEST VARIANTI FORMATI
VIII. BAHOLASH MEZONLARI
- Bitta to‘g‘ri javobga ega bo‘lgan muqobil javobli yopiq test topshirig‘i (Y-1) ningbaholash mezoni:a) agar belgilangan javob to‘g‘ri bo‘lsa, qiyinlik darajasiga ko‘ra 1,3 yoki 2,2 ball;b) agar belgilangan javob noto‘g‘ri bo‘lsa, 0 ball beriladi.
- Moslashtirishni talab qiladigan muqobil javobli yopiq test topshirig‘i (Y-2) ningbaholash mezoni:a) agar belgilangan javob to‘g‘ri bo‘lsa, 2,2 ball;b) agar belgilangan javob noto‘g‘ri bo‘lsa, 0 ball beriladi.
- Qisqa javobni talab qiladigan (a va b qismlarga bo‘lingan) ochiq test topshirig‘i (O)ning baholash mezoni:a) agar faqat a qismdagi javob to‘g‘ri bo‘lsa, 1,5 ball;b) agar faqat b qismdagi javob to‘g‘ri bo‘lsa, 1,7 ball;c) agar a va b qismlardagi javoblar to‘g‘ri bo‘lsa, 3,2 ball;d) agar a va b qismlardagi javoblar noto‘g‘ri bo‘lsa, 0 ball beriladi.*Izoh: Mazkur hujjatga aprobatsiya natijasi, vakolatli davlat tashkilotlarining tegishliqaror va buyruqlari asosida qo‘shimchalar, o‘zgartirishlar va tuzatishlar kiritilishi mumkin.