Maktab

Menejerlik sertifikati bor maktab direktorlari 50 foiz ustama oladi

Menejerlik sertifikati bo‘lgan maktab direktorlariga 50%, o‘rinbosarlariga esa 30% oylik ustama beriladi. Buning tartibi haqida bilib oling.

377 ko'rish

Menejerlik sertifikati bor maktab direktorlari 50 foiz ustama oladi

Menejerlik sertifikati bor maktab direktorlari 50 foiz ustama oladi

Hukumat qaroriga (681-son, 25.12.2023-y.) koʻra, 2024-yil 1-yanvardan A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot institutida maktab direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron berish tizimi joriy qilinadi.

Nizomga muvofiq, maktablarga faoliyat yuritayotgan direktorlar har 5-yilda bir marotaba menejerlik sertifikatini olishi talab etiladi. Oʻquv kurslarining davomiyligi 144 soatni tashkil etib, 1 oy davomida oʻqitiladi.

Direktorlarning oʻqish davrida ularning asosiy ish joyi boʻyicha lavozimi va amaldagi oʻrtacha ish haqi miqdorlari saqlab qolinadi.

2024-yil 1-sentyabrdan menejerlik sertifikatiga ega quyidagi rahbar xodimlarga ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik qoʻshimcha ustamalar toʻlanadi:

  • maktab direktorlariga – 50 foiz;
  • maktab direktori oʻrinbosarlariga – 30 foiz.

Ulashish

Aloqador maqolalar

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish