Milliy sertifikat imtihonida necha % to‘plasa DTMda 30ta to‘g‘ri yechdi degan bo‘ladi?!
2.02.2023 20:40
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Milliy sertifikat imtihonida necha % to‘plasa kirish imtihonlarida 30ta to‘g‘ri yechdi degani bo‘ladi?!
✅ Javob quyidagicha:
- Agar abituriyent 86% va undan yuqori natijani qo‘lga kiritsa, tegishli fanidan kirish imtihonlarida maksimal ball beriladi. Ya’ni ona tili va adabiyot 1-blok fani bo‘lsa 93 ball, 2-blok fani bo‘lsa 63 ball. Shuningdek majburiy 10 talik testdan ham maksimal ball (11 ball) beriladi.
- Agar 60% dan 85% gacha natijani qo‘lga kiritsa, foizga nisbatan proporsional ball beriladi. Ya’ni 80 foizlik natijani qo‘lga kiritsa, unga 93 ballning 80%i (74,4 ball) beriladi!
- Agar ona tilidan majburiy fan sifatida (10 talik testga) tayyorlanayotgan abituriyent milliy sertifikat imtihonidan 60 foizdan yuqori natijani qo‘lga kiritsa, unga majburiy ona tilidan maksimal ball (11 ball) beriladi. Ya’ni, milliy sertifikat majburiy fan uchun ham o‘tadi!
Demak javob: Kamida 86%