Minimal o‘tish balli nimani belgilaydi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Minimal o‘tish balli nimani belgilaydi?
Har yili test sinovlarida minimal o‘tish balli qo‘yiladi. Davlat qabul komissiyasi 2024-2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga minimal o‘tish ballarini tasdiqladi. Unga ko‘ra:
- Davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36%);
- To‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%).
Minimal o‘tish balli abituriyentning o‘qishga qabul qilinishi uchun yig‘ishi shart bo‘lgan eng past ballni belgilaydi. Abituriyent belgilangan kvotada turgan bo‘lsa ham, agar minimal ball va undan yuqori natijani qayd etmagan bo‘lsa, u talabalikka tavsiya etilmaydi.
Bu nima degani?
Masalan, “Xalqaro jurnalistika” yo‘nalishiga jami 24 ta kvota ajratilgan bo‘lib, abituriyent 56,7 balldan kam natija bilan kontraktda turgan bo‘lsa ham, u talabalikka qabul qilinmaydi. Yoki abituriyent 68 balldan past ball bilan grant kvotasida turgan bo‘lsa ham, u grantda emas, kontraktda o‘qiydi. Chunki belgilangan minimal balldan past natijani qayd etgan.