Moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlar: ular qanday mustaqillikka ega?
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari RO‘YXATI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
🔰 Qarorga koʻra, 2022-yil 1-yanvardan boshlab 35 ta yetakchi davlat oliy ta’lim muassasalariga, jumladan, quyidagi vakolatlar boʻyicha moliyaviy mustaqillik berildi:
- ta’lim xizmatlari bozoridagi talabni inobatga olgan holda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash;
- talabalarning to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
- o‘z mablag‘lari hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish.
Shuningdek, qaror bilan moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan kuzatuv kengashlarining 10 ta vakolati belgilab berildi.
Bundan tashqari, moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalariga qator imtiyozlar berildi.
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga ularning klinikalarida moddiy-texnik bazani mustahkamlash, shuningdek, kapital va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun o‘zlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan zarur mablag‘lar sarflashga ruxsat berildi.
Moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlar ro‘yxati:
1.Samarqand davlat chet tillar instituti
2.Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
3.Toshkent davlat yuridik universiteti
4.Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
5.Toshkent moliya instituti
6.Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
7.Toshkent farmasevtika instituti
8.Toshkent davlat transport universiteti
9.Urganch davlat universiteti
10.O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
11.Andijon mashinasozlik instituti
12.Toshkent kimyo texnologiya instituti
13.Samarqand davlat universiteti
14.O‘zbekiston milliy universiteti
15.Toshkent davlat texnika universiteti
16.Toshkent tibbiyot akademiyasi
17.Qoraqalpoq davlat universiteti
18.Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti
19.Buxoro davlat universiteti
20.Buxoro davlat tibbiyot instituti
21.Samarqand davlat tibbiyot instituti
22.Qarshi davlat universiteti
23.Termiz davlat universiteti
24.Toshkent davlat agrar universiteti
25.Guliston davlat universiteti
26.O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
27.Namangan davlat universiteti
28.Farg‘ona davlat universiteti
29.Geologiya fanlari universiteti
30.Andijon davlat universiteti
31.Andijon davlat tibbiyot instituti
32.Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
33.Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
34.Toshkent davlat stomatologiya instituti
35.Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Izoh: 2023 yil 1 yanvardan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga Respublika oliy ta’lim kengashi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda mazkur ro‘yxatga qo‘shimcha davlat oliy ta’lim muassasalarini kiritish huquqi beriladi.