Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Prezident qarori bilan moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati tasdiqlangan. Mazkur davlat oliy ta’lim muassasalari quyidagilar bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilishi mumkin:
- Kontrakt qiymatini, to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish
- Mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish
- O‘z hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish
- Xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish
- Bo‘sh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash
- Avtotransport vositalarining yo‘l bosish yillik limiti va ularga xizmat ko‘rsatish talablarini belgilash
Moliyaviy mustaqil davlat oliy ta’lim muassasalari:
- Samarqand davlat chet tillar instituti
- Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
- Toshkent davlat yuridik universiteti
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
- Toshkent moliya instituti
- Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
- Toshkent farmatsevtika instituti
- Toshkent davlat transport universiteti
- Urganch davlat universiteti
- O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
- Andijon mashinasozlik instituti
- Toshkent kimyo-texnologiya instituti
- Samarqand davlat universiteti
- O‘zbekiston Milliy universiteti
- Toshkent davlat texnika universiteti
- Toshkent tibbiyot akademiyasi
- Qoraqalpoq davlat universiteti
- Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti
- Buxoro davlat universiteti
- Buxoro davlat tibbiyot instituti
- Samarqand davlat tibbiyot universiteti
- Qarshi davlat universiteti
- Termiz davlat universiteti
- Toshkent davlat agrar universiteti
- Guliston davlat universiteti
- O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
- Namangan davlat universiteti
- Farg‘ona davlat universiteti
- Geologiya fanlari universiteti
- Andijon davlat universiteti
- Andijon davlat tibbiyot instituti
- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
- Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
- Toshkent davlat stomatologiya instituti
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
- Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
- “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti
- Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
- Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
- Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut