Namanganda Namangan davlat texnika universiteti ochiladi
25.02.2025 07:10
Namanganda uchta davlat oliygohi negizida yangi universitet tashkil etiladi
Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan to‘qimachilik sanoati instituti negizida Namangan davlat texnika universiteti tashkil etilmoqda.
Universitetning asosiy vazifalari
- Muhandislik, qurilish, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari, dasturlash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash
- Hududning yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiq ilmiy-pedagogik kadrlar yetishtirish
- Universitet tarkibida yuridik shaxs maqomisiz Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyat yuritadi
Kelgusi yillardagi o‘zgarishlar
- 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab ish beruvchi korxonalar bilan bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
- 2026/2027-o‘quv yiliga qadar kamida ikkita bakalavriat yo‘nalishi va uchta magistratura mutaxassisligi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi
- 2025-yildan yirik ishlab chiqarish korxonalari universitetga sanoat hamkori sifatida biriktiriladi
Talabalar uchun muhim ma’lumotlar
- NamMT, NamMQI va NamTSI talabalari o‘qishini yangi universitetda davom ettiradi
- 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bitiruvchilarga Namangan davlat texnika universiteti diplomi beriladi
Avvalroq 20 ta davlat oliygohlari tugatilishi haqida xabar berilgan edi. Ushbu islohotlar oliy ta’lim tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Davlat OTMlarida yo‘nalishlar bo‘yicha kontrakt narxlari (2024-2025)
31.05.2025 15:04