Oʻzbekistonda nechta oliy taʼlim muassasasi bor?
22.02.2023 23:28

Iqtidorli yoshlarni qo'llab quvvatlash maqsadida "REGISTON STIPENDIYASI" joriy etildi.– Registon o‘quv markazi
Hozirda (20.02.2023-y. holatiga koʻra) Oʻzbekistonda 209 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud. Shundan:
- Universitet — 36 ta;
- Institut — 48 ta;
- Akademiya — 5 ta;
- Konservatoriya — 1 ta;
- Filial — 24 ta;
- Xorijiy OTM va uning filiallari — 30 ta;
- Nodavlat (xususiy) OTM — 65 ta.
Davlat oliy taʼlim muassasalari tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan:
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi - 63 ta;
- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi - 1 ta;
- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi - 1 ta;
- Qishloq xo‘jaligi vazirligi - 5 ta;
- Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi - 3 ta;
- Sog‘liqni saqlash vazirligi - 12 ta;
- Madaniyat va turizm vazirligi - 10 ta;
- Badiiy akademiya - 1 ta;
- Raqamli texnologiyalar vazirligi - 7 ta;
- Adliya vazirligi - 1 ta;
- Bosh prokuratura - 1 ta;
- Transport vazirligi - 1 ta;
- Tashqi ishlar vazirligi - 1 ta;
- Yoshlar siyosati va sport vazirligi - 4 ta;
- Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi - 1 ta;
- Din ishlari bo‘yicha qo‘mita - 1 ta;
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi - 1 ta.
Ushbu roʻyxatga harbiy va diniy oliy taʼlim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan.Oliygohlar ro‘yxati (PDF)
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Kontraktni to‘liq to‘lamaganlarni yakuniy yoki oraliqlarga kiritmaslikka OTM mas’ullarining haqqi bormi?
17.03.2023 23:19
O‘zbekistonda yana bir universitet ish boshladi
08.03.2023 18:19
Ana holos! Ayrim davlat oliygohlari xususiyga aylantiriladi
05.03.2023 17:35