Nega kirish imtihonlarida kalkulyatordan foydalanishga ruxsat berilmaydi?
18.06.2024 10:14
Lekin olimpiadalarda kalkulyatorga ruxsat beriladi. Bu 2 xillikka sabab nima? Savolga Bilim va malakalarni baholash agentligi mas’ullari javob berdi.
Sababi: savollarning qiyinlik darajasi va savol turlari bilan bog‘liq.
Kirish imtihonlarida savollar 3 ta darajali: oson, o‘rta va qiyin darajada bo‘ladi hamda yopiq testlardan iborat. Testlardagi sonlarni kalkulyatorsiz ham hisoblash mumkin bo‘ladi.
Olimpiadalarda esa yozma ish ham bo‘ladi, vaqt esa cheklangan. Savollar darajasi murakkab, unda ishtirok etgan sonlar ham qiyin bo‘ladi. Shuning uchun ularga kalkulyator beriladi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Ertaga OTM va yo‘nalish tanlashning oxirgi kuni
07-avgust 20:19
OTMga kirish qanchalik qiyin? Statistikalar nimani ko‘rsatmoqda?
04-avgust 23:11