Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

New Uzbekistan Universityda Yandex tanlovi sovrindorlari e’lon qilindi

02-may 15:33
New Uzbekistan Universityda Yandex tanlovi sovrindorlari e’lon qilindi

New Uzbekistan University mezbonligida “Yandex Uzbekistan Coding and Math Contest 2025” tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli musobaqa O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari talabalari va IT sohasidagi iqtidorli mutaxassislar o‘rtasida o‘tkazildi.

Tanlov ishtirokchilari quyidagi yo‘nalishlarda o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etishdi:

  • Dasturlash va algoritmlar

  • Statistika va ehtimollar nazariyasi

  • Matematik tahlil

  • Chiziqli algebra

Musobaqa ikki bosqichli onlayn test shaklida tashkil etildi. Har bir bosqichdagi test topshiriqlari ingliz tilida bo‘lib, ular xalqaro mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan. Ishtirok etish barcha uchun mutlaqo bepul bo‘ldi.

Ballar asosida aniqlangan g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Ularga:

  • Pul mukofotlari

  • Zamonaviy gadjetlar

  • Yandex Plus promokodlari

taqdim etildi. Umumiy mukofot jamg‘armasi — 65 million so‘mni tashkil etdi.

Taqdirlash marosimi nafaqat musobaqa yakunini belgilab berdi, balki is­tir­ok­chi­lar, tashkilotchilar va hamkorlar uchun birgalikda tajriba almashish maydoniga aylandi. Bu tadbir O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirish, yoshlarni ilg‘or texnologiyalarga qiziqtirish va ularni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.