Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Nogiron abituriyentlar uchun test sinovlarida maxsus yordam

22-iyul 00:36
Nogiron abituriyentlar uchun test sinovlarida maxsus yordam

Davlat komissiyasining bayonida tayanch harakat a’zolarida va ko‘rishda nuqsoni bor nogiron bo‘lgan abituriyentlarga test sinovlarini topshirishda javoblar varaqasini bo‘yashda qulayliklar yaratilishi belgilangan.

2024-yil 18-iyul kuni 1-smenada Buxoro viloyati 3-bino (Yoshlik sport majmuasi basketbol sport zali)dagi test sinovlarida 45-46-guruhda nogironligi bo‘lgan abituriyentlar test sinovlari topshirdi. Ushbu jarayon ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi, chunki abituriyentga yordam ko‘rsatilayotganligi haqida video tarqaldi.

45-guruhdagi abituriyent X.Xaydarov ko‘zida nogironligi bo‘lganligi sababli javoblar varaqasini to‘ldirishda yordam so‘ragan. Ushbu abituriyentga javoblar varaqasini belgilashda guruh nazoratchisi tomonidan amaliy yordam berilgan. Bu yordam barcha abituriyentlarning roziligi bilan Bilimni baholash agentligi xodimlari va guruh nazoratchilari kuzatuvi ostida amalga oshirilgan.

Nogiron abituriyentlarga ko‘rsatilgan bu kabi yordamlar ular uchun test sinovlarini osonlashtiradi va imkoniyatlarini kengaytiradi.