Nogironligi borlar uchun kirish imtihonlaridagi qulayliklar haqida ma’lumot berildi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Davlat test markazi kirish imtihonlari jarayonida nogironligi mavjud bo‘lgan shaxslar uchun beriladigan qulayliklar haqida ma’lumot berdi.
«Nogironligi bo‘lgan shaxslarning test jarayonlarida ishtirokini ta’minlash uchun barcha sharoitlar qilib beriladi. Agar abituriyent hamrohi bilan keladigan bo‘lsa, hamrohi bilan birga harakatlanishi uchun imkon beriladi. Hamrohsiz keladigan, nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga esa imtihon olinayotgan joyda bo‘lib turgan kuzatuvchilar va Davlat test markazi xodimlari kerakli yordamni ko‘rsatishadi», deya Davlat test markazi boshqarma boshlg‘i Farhod Mirzayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Qayd etilishicha, 2020 yilgi kirish imtihonlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarga grant asosida alohida imtiyozli kvotalar ajratilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida imtiyozlar 7 toifadagi yoshlar uchun imtiyozlar berilishi aytilgan edi.