Oliygoh.uz jamoasi ishga taklif qiladi

13-avgust 12:15
Oliygoh.uz jamoasi ishga taklif qiladi

Oliygoh.uz jamoasi o‘z faoliyatini yanada kengaytirmoqda! Biz yosh, bilimdon, mas’uliyatli va serg‘ayrat yoshlarni qidiryapmiz. Biz sizga juda qulay imkoniyatni taqdim qilamiz.

Bizning jamoa "Grant yutish strategiyalari" loyihasini yo‘lga qo‘ymoqda. Bizga xalqaro ta’lim dasturlarini tushunadigan, ularni sharhlay oladigan, mazmunan to‘g‘ri tarjima qila oladigan yosh mutaxassislar kerak!

TALABLAR:

  • Xalqaro ta’lim dasturlarini tushunish
  • Xalqaro ta’lim dasturlarini sharhlay olish
  • Ingliz tilidan tarjimonlik qobiliyati (Rus va boshqa tillarni bilish ustunlik beradi)
  • Ijtimoiy tarmoqlarda faollik (Shaxsiy blog yuritish ko‘nikmasi ustunlik beradi)
  • Shijoat, masʼuliyat va intizom.

VAZIFALAR:

Xalqaro ta’lim maydonidagi dasturlarni o‘zbek tiliga mazmunan to‘g‘ri tarjima qilish va ularni sharhlay olish:

  • Xalqaro ta’lim grantlari va stipendiyalari;
  • Xorijda o‘qishda ko‘mak beradigan foydali malumotlar, blogpostlar;
  • Xalqaro amaliyot dasturlari, stajirovka, talabalar almashinuv dasturlari, internshiplar, WaT dasturlari;
  • Xalqaro universitetlar haqida ma’lumotlar;
  • Xalqaro tadbirlar, tanlovlar, forumlar.

Umuman aytganda ta’lim sohasida O‘zbekiston mintaqasiga mos keladigan xalqaro jarayonlarni yoritish va ularni sharhlay olish.

ISH SHAROITI:

  • Kelishilgan ish haqi;
  • Masofaviy ish jadvali;
  • Qulay muhit va ajoyib jamoa;
  • Istalgan joydan turib ishlash imkoniyati;
  • O‘z ustida ishlash va rivojlanish uchun qulay imkoniyat
  • Respublika bo‘ylab ajoyib tanlovlarda jamoa a’zosi sifatida ishtirok etish imkoniyati;

Qaysi hududda bo‘lishingizdan qat’iy nazar bizning jamao a’zosiga aylanishingiz mumkin. Eng muhimi masofadan turib online ishlash imkoniyati mavjud. Hozirda jamoada 10 dan ziyod yoshlar faoliyat yuritadi, siz ham bizning safimizda bo‘lishingiz mumkin.

Yuqoridagi talablarga o‘zingizni nomzod deb bilsangiz @Isaxonov_bot manziliga o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlar (rezyume)ni yuborishi so‘raladi. (Internet nashrlarida e’lon qilingan tarjima yoki xalqaro ta’lim dasturlari haqida materiallar bo‘lsa, ularning nusxa va havolalarini ham jo‘natishingiz mumkin.) Rezyume yuborgan nomzodlarga aloqaga chiqamiz va zoom platformasi orqali online suhbat tashkil qilinadi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bizning jamoamizga qabul qilinadi.

O‘zingizni ko‘rsating va yosh jamoamizning a’zosiga aylaning!