Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Oliygoh.uz jamoasi ishga taklif qiladi. Rus tilidan tarjimon ishga olinadi

2.09.2021 17:57
Oliygoh.uz jamoasi ishga taklif qiladi. Rus tilidan tarjimon ishga olinadi

Oliygoh.uz jamoasi o‘z faoliyatini yanada kengaytirmoqda! Biz yosh, bilimdon, mas’uliyatli va serg‘ayrat yoshlarni qidiryapmiz. Biz sizga juda qulay imkoniyatni taqdim etamiz.

Ushbu ishga taklif e’loni rus tilidan tarjimon olishga qaratilgan bo‘lib, bizning jamoaga grammatik xatolarsiz yoza oladigan, matnlarni bexato tarjima qiladigan tarjimon kerak.

TALABLAR:

  • Rus tilida grammatik xatolarsiz yozish
  • Matnlarni bexato tarjima qilish (Ingliz tilini bilish ustunlik beradi)
  • Ijtimoiy tarmoqlarda faollik (Shaxsiy blog yuritish ko‘nikmasi ustunlik beradi)
  • Shijoat, masʼuliyat va intizom.

VAZIFA:

  • Tayyor o‘zbek tilidagi ma’lumotlarni tarjima qilish

Umuman aytganda ta’lim sohasida biz berib borayotagn ma’lumotlar va xabarlarni rus tiliga tarjima qilib borish kerak.

ISH SHAROITI:

  • Kelishilgan ish haqi;
  • Masofaviy ish jadvali;
  • Qulay muhit va ajoyib jamoa;
  • Istalgan joydan turib ishlash imkoniyati;
  • O‘z ustida ishlash va rivojlanish uchun qulay imkoniyat;

Qaysi hududda bo‘lishingizdan qat’iy nazar bizning jamao a’zosiga aylanishingiz mumkin. Eng muhimi masofadan turib online ishlash imkoniyati mavjud. Hozirda jamoada 10 dan ziyod yoshlar faoliyat yuritadi, siz ham bizning safimizda bo‘lishingiz mumkin.

Yuqoridagi talablarga o‘zingizni nomzod deb bilsangiz @Isaxonov_bot manziliga o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlar (rezyume)ni yuborishi so‘raladi. (Nomzod tomonidan internet nashrlarida e’lon qilingan tarjima yoki tayyor materiallar bo‘lsa, ularning nusxa va havolalarini ham jo‘natishingiz mumkin). Rezyume yuborgan nomzodlarga aloqaga chiqamiz va zoom platformasi orqali online suhbat tashkil qilinadi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzod bizning jamoamizga qabul qilinadi.

O‘zingizni ko‘rsating va yosh jamoamizning a’zosiga aylaning!