O‘qishini ko‘chirish (tiklash) istagidagilar diqqatiga!
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xabariga ko‘ra, 2020/2021-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish (tiklash) istagini bildirgan fuqarolardan arizalar (hujjatlar) onlayn qabul qilinmoqda.
Qabul qilingan aksariyat hujjatlar quyidagi sabablarga ko‘ra qayta ro‘yxatdan o‘tish uchun qaytarilmoqda:
- pasport nusxasi (doimiy yashash manziliga ro‘yxatga qo‘yilgan beti bilan birga) to‘liq yoki sifatli yuklanmagan (zero o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqishda talabaning doimiy yashash manzili asoslovchi sabablardan biridir);
- OTMda o‘qiyotganlik (o‘qiganlik) to‘g‘risidagi belgilangan shakldagi hujjat (akademik ma’lumotnoma yoki reyting daftarchasi yoki transkript) nusxasi to‘liq yoki sifatli yuklanmagan;
- o‘qigan (o‘qiyotgan) OTM yoki ta’lim yo‘nalishi nomi to‘liq kiritilmagan;
- mavjud bo‘lmagan OTM yoki ta’lim shakli yoki ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tilgan.
O‘qishini ko‘chirish (tiklash) bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tayotgan fuqarolarga yuqoridagi holatlarni inobatga olishlari so‘raladi.
O‘qishini ko‘chirish (tiklash) bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan ammo arizalari dastur orqali rad etilgan fuqarolardan qayd etilgan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etgan holda qayta ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.
Shu bilan birga, ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolardan o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga kirib (ro‘yxatdan o‘tishdagi login va parol orqali) arizalarining ko‘rib chiqilish holatlarini doimiy kuzatib borishlari so‘raladi.
Eslatib o‘tiladi: o‘qishni ko‘chirish (tiklash) bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishning so‘ngi kuni 2020 yil 5 avgust.