O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar javobi qachon e’lon qilinadi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Qishki qabul jarayonlarida o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar 20 dekabrdan 20 yanvarga qadar qabul qilingan edi.
Arizalar javoblari 25 yanvar sanasidan 15 fevral sanasigacha e’lon qilinadi.
Ushbu muddat Vazirlar Mahkamasining 393 sonli qarorida keltirilgan bo‘lib, qishki "perevod" uchun hujjat topshirgan talaba uzog‘i bilan 15 fevralga qadar natijani olishi kerak. Agarda talabaning arizasi ijobiy qanoatlantirilsa, u 25 fevralga qadar darslarga qo‘yilishi lozim. 1 mart sanasiga qadar talabaga buyruq chiqariladi.
Xo‘sh, talaba natijani qayerdan aniqlasa bo‘ladi? Natijalar ommaviy axborot vositalari, biror sayt orqali e’lon qilinmaydi, onlayn aniqlashning imkoni yo‘q. Vazirlar mahkamasining tegishli qarorida talaba ariza natijasi bilan xabardor qilinishi aytilgan, lekin qanday usulda ekani yozilmagan. Demak, bu haqida OAVda e’lon qilinmasligi yoki onlayn aniqlash imkoni yo‘qligi noqonuniy holat emas.
Talabaga ishchi guruh yoki OTM tomonidan xabar beriladi.