Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘qishni qayta tiklash uchun muhim sanalar!

17-yanvar 19:06
O‘qishni qayta tiklash uchun muhim sanalar!

O‘qishini qayta tiklamoqchi bo‘lgan talabalar uchun muhim eslatma!

Bahorgi semestr uchun o‘qishini qayta tiklashni xohlovchi talabalar 20-dekabrdan 20-yanvarga qadar ariza topshirishlari mumkin.

Arizalarni ko‘rib chiqish muddati

Topshirilgan arizalar 21-yanvardan 31-yanvargacha ko‘rib chiqiladi va shu asosda tegishli qaror qabul qilinadi.

O‘qishni qayta tiklash shartlari

O‘qishga qayta tiklash asosan to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Biroq quyidagi toifadagi talabalar davlat granti asosida qayta tiklanishi mumkin:

  • Boquvchisini yo‘qotganlar va I va II guruh nogironligi bo‘lganlar;
  • Muddatli harbiy xizmatni o‘taganlar, agar ular zaxiraga bo‘shaganidan so‘ng 3 yil ichida o‘qishga qaytish uchun ariza topshirgan bo‘lsalar;
  • Davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilgan va belgilangan muddatda qaytgan talabalar.

Muhim sanalarni unutmang!

Agar o‘qishingizni tiklamoqchi bo‘lsangiz, ariza topshirish uchun berilgan 20-yanvar sanasini o‘tkazib yubormang!