Ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalar uchun stipendiya 50 foizga oshiriladi
25-fevral 03:25

Davlat tomonidan ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalar uchun qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etiladi. Yangi qonunchilikka muvofiq, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat bog‘chalari va maktablariga navbatsiz qabul qilinadi.
Qonunchilik hujjatlariga (manba, hujjat) asosan, ushbu toifadagi bolalar quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladi:
- Texnikum, kollej, akademik litsey yoki oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yetim bolalar har o‘quv yilida 1 million 700 ming so‘m miqdorida subsidiya oladi. Ushbu mablag‘ o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun ajratiladi.
- Davlat OTMlarida tahsil olayotgan yetim bolalar uchun stipendiya 50 foizga oshirilgan holda to‘lanadi.
Mazkur o‘zgarishlar ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ijtimoiy himoyani kuchaytirishga qaratilgan.