OTM bitiruvchilariga ish topishda yordam beruvchi dastur ishga tushiriladi

OTM bitiruvchilariga ish topishda yordam beruvchi dastur ishga tushiriladi
Prezidentning “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori (PQ-61-son, 14.02.2025-y.) asosida “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi.
Mazkur dastur oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga ish topishda amaliy yordam berish, shuningdek, talabalarning o‘z biznes loyihalarini yaratishiga ko‘maklashish maqsadida joriy qilinmoqda.
Dastur doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:
✅ Biznes g‘oyalarga ko‘maklashish
- O‘z biznes g‘oyalariga ega bitiruvchi bosqich talabalari uchun loyihani to‘liq shakllantirish va moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi.
✅ Bitiruvchilar va talabalar uchun tanlovlar
- Turli sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar tashkil etilib, g‘oliblarning ish bilan ta’minlanishiga ko‘mak beriladi.
✅ Ish beruvchilarning ehtiyojlari aniqlanadi
- Yirik kompaniyalar va tashkilotlar tomonidan malakali kadrlar uchun qo‘yiladigan talablar shakllantiriladi va bitiruvchilarni ishga mos tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
✅ Kasbiy ta’lim dasturlari va malaka oshirish imkoniyati
- Tanlov g‘oliblari ish beruvchi tashkilotlar buyurtmasiga ko‘ra individual kasbiy ta’lim dasturlarida o‘qitiladi.
- Ishlab chiqarish obyektlarida amaliyot o‘tash va chet elda qisqa muddatli o‘quv kurslarida qatnashish imkoniyati yaratiladi.
Mazkur dastur oliy ta’lim bitiruvchilarining bandligini ta’minlash va ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadini ko‘zda tutadi.