O‘zbek tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonida yuqori ball to‘plaganlarga imtihon xarajati qoplab beriladi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari 2025 yil 1 yanvardan boshlab qoplab berilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi e’lon qilindi.
Mazkur qarorga ko‘ra:
- Yoshlar ishlari agentligi o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab beradi.
- 2024 yil 1 dekabrga qadar davlat xizmatini ko‘rsatish uchun zarur hujjatlar va blankalar tayyorlanadi va Adliya vazirligi bilan kelishiladi.
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali elektron davlat xizmatini joriy qilish uchun texnik hujjat ishlab chiqiladi va tasdiqlash uchun Raqamli texnologiyalar vazirligiga taqdim etiladi.
- Raqamli texnologiyalar vazirligi YaIDXP orqali murojaatlarni avtomatik ravishda ko‘rib chiqish imkonini beruvchi xizmatni ishga tushiradi va tegishli vazirliklar va idoralar bilan integratsiya qilinishini ta’minlaydi.
Bundan tashqari, 2024 yil 1 dekabrdan boshlab, Adliya vazirligi bilan birgalikda davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentni qo‘llash bo‘yicha o‘quv seminarlari tashkil etiladi.
Bu qaror o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball olgan yoshlar uchun katta imkoniyatdir. Ushbu imtihon topshirish xarajatlarining qoplanishi yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi va ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga zamin yaratadi.