O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
2023-yil 9-oktabr kuni o‘zbek tili va adabiyot fanini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.
Ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 15-oktabr (to‘lov qilish 16-oktabr) ga qadar davom etadi.
Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 15-oktabr kuni (shu kuni ham) ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari lozimligini eslatib o‘tamiz.
Test sinovi barcha hududlarda tashkil etiladi va 2023-yil 29-oktabr (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadi.