O‘zbekiston budjetidan 2024-yilda yarim million talabaga taʼlim kreditlari ajratish rejalashtirilyapti
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Joriy yilda qo‘shimcha 180 ming nafar talabalarga taʼlim kreditlarini ajratilib, ushbu dastur bilan qamrab olinadigan talabalar soni qariyb 500 mingga yetishi kutilmoqda. Bu maqsadlar uchun 2024-yilda jami 2,2 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Shu bilan birga, bu yil davlat budjetidan talabalar turar joyini barpo etish subsidiyalariga — 250 milliard so‘m, magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari subsidiyalariga — 200 milliard so‘m, talabalar oylik ijara to‘lovi xarajatlarining bir qismini qoplash uchun — 200 milliard so‘m sarflanadi.
O‘tgan yili talabalar soni 1 million 15 ming 400 nafarga yetgandi. Joriy yil ularning umumiy soni 1 million 67 ming 700 nafar bo‘lishi kutilmoqda. Shundan davlat grant asosida o‘qiydigan talabalar 204 ming 500 kishini, to‘lov kontraktda tahsil oladiganlari 863 ming 100 kishini tashkil qiladi.
Bu yil OTMlarini saqlash xarajatlariga 18,5 trillion so‘m sarflanishi ko‘zda tutilgan. Shundan 6 trillion so‘mi budjetdan, 12,5 trillion so‘mi to‘lov kontraktlar hisobidan to‘lanishi ma’lum qilinibdi.