Oʻzbekistonda davlat universitetlarining 20 tasi yopilishi rejalashtirilmoqda
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Oʻzbekistonda 20 ta davlat universiteti yopiladi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov YouTubeʻdagi “Lolazor” podkastida maʼlum qildi.
Vazirning taʼkidlashicha, respublikada oʻqitish standartlariga javob bermaydigan qator davlat OTMlari mavjud. Ayni paytda ularni roʻyxatga olish va yopish reja qilinmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev talabga javob bermaydigan, davlatga tegishli 20 ta universitetni yopishni topshirgan. Ularning roʻyxati yaqinda shakllanadi.
“Qaysi universitetlarning bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash koʻrsatkichi past boʻlsa, yopiladi. Bu koʻproq viloyatlardagi filiallar bilan bogʻliq jarayon. Uzoq tumanlarda universitetlar ochilgan. Ularda kadr yoʻq, salohiyat juda past. U yerlarga professor-oʻqituvchilar bormaydi. Talabalarning koʻpchiligi oʻsha universitetlarga oʻqishini boshqa OTMga ’perevod’ qilish uchun kiradi. Chunki filiallarda oʻqishga kirish bali past. Xayolida u yerda oʻqish emas, bu yoqqa koʻchib kelish”, — dedi Sharipov.
Shuningdek, vazirning aytishicha, yuqorida aytilayotgan OTMlar bitiruvchilarining 5–10 foizi ish bilan taʼminlanmoqda. Chunki u universitetlarni bitirganlarga talab yoʻq.
“Shuncha binoga, oʻqituvchiga xarajat qilinmoqda. Ayniqsa, texnika sohasida kadr tayyorlaydigan boʻlsak, talabalar 6–7 million soʻm kontrakt puli toʻlaydi. Lekin har birining xarajatlari davlatga 20 million soʻmga tushadi. Hozir Oʻzbekistonda 67 ta xususiy, 111 ta davlat OTMlari bor. Ayrim oliygohlar yopilishi sabab davlat va xususiy OTMlar soni teng boʻladi”, — deydi u.
Avvalroq Termiz va Toshkentda 2 ta yangi universitetlar ochilishi haqida xabar bergandik