Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘zbekistonda “El-yurt umidi” stipendiyasi: grantlar va qamrov doirasi

Bugun, 15:40
O‘zbekistonda “El-yurt umidi” stipendiyasi: grantlar va qamrov doirasi

2025-yil 5-maydagi PF-77-sonli Prezident farmoniga ko‘ra, O‘zbekistonda yangi “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etildi. Bu stipendiya bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha o‘qishni rejalashtirayotgan eng munosib nomzodlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Tanlov tartibi qanday?

  • “El-yurt umidi” stipendiyasi g‘oliblari ochiq tanlov orqali saralanadi.

  • Tanlovda test sinovlari va suhbatlar o‘tkaziladi.

  • Baholash mezonlari:

    • Intellektual salohiyat

    • Tahlil qilish va kreativlik qobiliyati

    • Psixologik barqarorlik

Xalqaro reytingdagi imtiyozlar:

Bakalavriat, magistratura va doktorantura bo‘yicha xorijiy universitetlar reytingiga ko‘ra:

🔹 TOP-100 talikka kirgan OTMga to‘liq grant asosida qabul qilinganlar uchun ta’lim xarajatlari to‘liq qoplanadi.

🔹 TOP-300 talikka kirgan OTMga qabul qilinganlarga xalqaro transport va turarjoy xarajatlari qoplanadi.

🔹 TOP-20 talikka kirgan OTM bakalavriat dasturlarida 50% yoki undan ko‘p grant olgan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilariga “El-yurt umidi” stipendiyasi tanlovsiz beriladi.

Nima uchun bu muhim?

Yangi stipendiya tizimi orqali:

  • Iqtidorli yoshlarning xalqaro ta’lim olish imkoniyati kengayadi;

  • Xalqaro reytinglardagi nufuzli OTMlar bilan hamkorlik mustahkamlanadi;

  • O‘zbekistonning ilmiy salohiyati va raqobatbardosh kadrlar zaxirasi kuchayadi.