O‘zbekistonda eng koʻp qaysi davlat fuqarolari tahsil olmoqda?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Oʻzbekistonda tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni bo‘yicha Hindiston yetakchilik qilmoqda
Statistika agentligi 2023–2024 oʻquv yili boshidagi maʼlumotlarga asoslanib, Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalarida eng koʻp Hindiston fuqarolari tahsil olayotganini eʼlon qildi. Maʼlumotlarga koʻra, Hindistondan kelgan talabalar soni 5733 nafarni tashkil etmoqda va bu koʻrsatkich boshqa davlatlar fuqarolariga nisbatan ancha yuqori.
Xorijlik talabalar davlatlar kesimida quyidagi koʻrsatkichlarda taqsimlangan:
- Hindiston – 5733 nafar
- Pokiston – 1358 nafar
- Turkmaniston – 904 nafar
- Rossiya Federatsiyasi – 750 nafar
- Qozogʻiston – 537 nafar
- Tojikiston – 285 nafar
- Qirgʻiz Respublikasi – 285 nafar
- Afgʻoniston – 196 nafar
- Xitoy – 182 nafar
- Koreya Respublikasi – 176 nafar
- Kanada – 124 nafar
- Boshqalar – 315 nafar
Oʻzbekistondagi oliy taʼlim tashkilotlarida xorijlik talabalar sonining koʻpayishi mamlakat taʼlim tizimining xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini kuchaytirib, yangi bozor va akademik hamkorlik uchun imkoniyatlar yaratmoqda. Bu o‘z navbatida, O‘zbekistonning ta’lim salohiyatini oshirish bilan birga iqtisodiy rivojlanishga ham hissa qo‘shadi.