O‘zbekistonda yana bir universitet ish boshladi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Joriy oydan Samarqand xalqaro texnologiya univeriteti o‘z faoliyatini boshladi. Ayni vaqtda ilk 35 nafar talaba darslarda qatnashmoqda.
Hozircha talabalar «Tadbirkorlik va menejment» va «Axborot texnologiyalari» yo‘nalishlarida tahsil oladi. Kuzgi semestrdan neft-gaz, kimyo, konchilik, elektrotexnika, geologiya muhandisligi kabi yo‘nalishlarda ham talabalar qabuli boshlanishi rejalangan. Universitetda asosan xorijlik professor-o‘qituvchilar SXTU birinchi prorektori professor Josef Sapiyenza (Italiya), tillar markazi direktori professor Annamariye Basson (JAR), axborot texnologiyalari markazi direktori professor Muhammad Gouse Galeti (Hindiston), tayyorlov maktabi direktori professor Ivi Silverman (AQSh) hamda talabalar ishlari bo‘yicha dekan professor Dorota Silvia Majeviz (Polsha) ta’lim berishi haqida ma’lum qilingan.
Bundan tashqari, universitetda janubiy koreyalik professor, Ipak yo‘li universitetlar tarmog‘i direktori Xvang Sung Don boshchiligida «Koreya texnologiya va madaniyat kolleji» tashkil etilganligi e’lon qilindi.
Mamlakat rivoji uchun yuqori darajadagi texnik mutaxassislar, jumladan, energetika va neft-gaz sanoati, konchilik, axborot texnologiyalari kabi davlat iqtisodiyotining asoslari muhimligini hisobga olib, «Eriell Group» boshqaruvi raisi, universitet homiylar kengashi raisi Baxtiyor Fazilov tomonidan davlatimiz rahbari olib boryotgan kuchli ijtimoiy siyosat asosida ish yuritilmoqda. Insonlar hayotiga yangicha mazmun baxsh etish maqsadida kirish imtihonlarida eng yuqori natijaga erishgan va ijtimoiy yordamga muhtoj jami 3 nafar talabaga kompaniya tomonidan tegishli grant ajratildi.
Ma’lumot o‘rnida, universitetda bahorgi semestrda Tadbirkorlik va menejment hamda Axborot texnologiyalari ta’lim yo‘nalishlariga 35 nafar talaba qabul qilindi. Kuzgi semestrda esa talabalar uchun neft-gaz muhandisligi, kimyo muhandisligi, konchilik ishi, geologiya va geologiya muhandisligi, elektrotexnika kabi yo‘nalishlari ochilishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 4 fevral – Samarqand xalqaro texnologiya universiteti rasman davlat ro‘yxatida qayd etilgan va yuridik maqomga ega bo‘lgan kundir. Joriy yilda ushbu sanaga bir yil to‘ldi. Shu munosabat bilan universitet jamoasi tomonidan 4 fevral sanasi universitetning rasman faoliyat boshlagan kun sifatida nishonlashi belgilangan.