Pasportini yo‘qotib qo‘ygan abituriyentlar nima qiladi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Turli sabablarga ko‘ra pasportini yo‘qotib qo‘ygan abituriyentlar yangi ID-karta olgan holda bemalol testga kirishlari mumkin.
Ruxsatnomadagi pasport seriyasi va raqami boshqa bo‘lsa ham, bu muammo bo‘lmaydi. Asosiysi o‘sha abituriyentning shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi kerak. Bundan tashqari yangi pasport olganda seriya va raqam o‘zgarsa ham, lekin har bir shaxsning JShShIR (identifikatsiya) raqami o‘zgarmaydi, o‘sha orqali aniqlab olishadi.
Xullas, bemalol yangi ID-karta orqali testga kira olasiz, xavotir olmang. Hozir ID-kartalarni olish ham oson, taxminan 1 kun vaqt ketadi xolos, avvalgidek uzoq kutilmaydi.
Eslatma: hurmatli abituriyentlar, pasport yoki ID-kartangizni ehtiyotlab qo‘ying. Agar zaruriyat bo‘lmasa, test kunigacha ishlatmay turing, aniq bir joyda tursin. Chunki ko‘pchilik testga 1-2 kun qolganda hujjatini yo‘qotib qo‘yadi va yangisini olishga ham ulgurmay, testdan qolib ketadi. E’tiborli bo‘ling.