Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

“Perevod” uchun pul to‘lanadimi?

17.07.2023 08:13
“Perevod” uchun pul to‘lanadimi?

Bunda 2 xil qoida bor:

  1. Agar “tashqi perevod” bo‘lsa, ya’ni xorijdan yoki O‘zbekistondagi nodavlat OTMlardan davlat OTMga ko‘chirish uchun ariza berilayotganda Bilimlarni baholash agentligiga 165 ming so‘m miqdorida to‘lov qilinadi, chunki ular testga kiradi;
  2. Agar “ichki perevod” bo‘lsa, ya’ni bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga yoki bir OTM ichida o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lsa, unda hech qanday to‘lov qilinmaydi. Chunki ular testga kirmaydi.

Yana ham oson tushunish uchun:

my.uzbmb.uz sayti orqali ariza berilsa, to‘lov qilinadi, transfer.edu.uz sayti orqali ariza yuborilsa, to‘lov qilinmaydi.

Chunki:

Nodavlatdan va xorijdan davlat OTMgamy.uzbmb.uz orqali;

Davlatdan davlatgatransfer.edu.uz orqali ariza yuboriladi.

Yana bir masala, super-kontrakt masalasi faqat “tashqi perevod”da bor, “ichki perevod”da super-kontrakt yo‘q.