Qashqadaryo viloyat hokimi olimpiadasini qo‘lga kiritgan o‘quvchi oliy ta’limga imtihonsiz qabul qilinadi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Qashqadaryo o‘qituvchi va murabbiylari voha ahli hamda ota-onalarga Qashqadaryo viloyati ta’lim tizimini rivojlantirish uchun murojaat yo‘lladi. Tadbirda 1200 nafardan ortiq direktorlar, viloyat hokimi Murotjon Azimov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Viloyat hokimi Murotjon Azimov so‘zga chiqib, Qashqadaryoda amalga oshirilayotgan ishlar, rejalar haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Yaqinda qaror qabul qildik, joriy yilning aprel-may oylarida 10 ta umumta’lim fanlari bo‘yicha 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Viloyat hokimi olimpiadasi" o‘tkaziladi. Aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha g‘olib o‘quvchilar Qarshi davlat universitetiga imtihonsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri talabalikka qabul qilinadi", - dedi Murotjon Azimov.