Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Qatar University Scholarship 2022 | Fully Funded:Barcha magistratura va PhD talabalari uchun to‘liq grantlar

18.09.2021 23:08
Qatar University Scholarship 2022 | Fully Funded:Barcha magistratura va PhD talabalari uchun to‘liq grantlar

Muddati:

21.10.2021

Davlat:

Qatar

Rasmiy havola:

www.qu.edu.qa

Grant turi:

Doktorantura, Magistratura

Umumiy Ma’lumotlar:

Hozirda Qatar University tomonidan 2022-yil bahorgi semestr uchun Qatar University Scholarship grant dasturini e’lon qildi. Ushbu grant dasturi barcha magistratura hamda doktorantura bosqichlarida tahsil olishni istagan barcha millat vakillari uchun amal qiladi. Ushbu universitet Qatarni poytaxti Doha shahrida joylashgan bo‘lib mamlakatda reyting bo‘yicha 1- o‘rinni egallagan.

Grantning manfaatli tomonlari:

  • To‘liq kontrak pullaridan ozod etiladi;
  • Turar joy bilan ta’minlanadi;
  • O‘quv kurslari , darsliklar uchun to‘lovlardan ozod etiladi;
  • Yillik borib kelish avia biletlari qoplab beriladi;

Tanlov mezonlari:

  • Bakalavr yoki magistratura diplomiga ega bo‘lishlari;
  • Barcha mamlakat fuqorolari hamda Qatarlik talabalar topshirishlari mumkin;
  • Dastur uchun qo‘yilgan talablar tanlagan yo‘nalishinggizga ko‘ra o‘zgaradi;
  • Qabul qilish uchun qo‘shimcha talablarni bu yerda tekshirish mumkin;

Quyidagi yo‘nalishlar mavjud:

  • Ta’lim;
  • Iqtisodiyot va bizness;
  • Muhandislik;
  • Huquq;
  • Tibbiyot;
  • Farmasevtika;
  • Shariat va islomshunoslik;

Xalqaro talabalar uchun 2022 yilgi Qatar universiteti stipendiyalariga ariza topshirishning oxirgi sanasi 2021 yil 21 oktyabr!

Dastur uchun ro‘yxatdan o‘tishdan oldin universitetning rasmiy sahifasidan batafsil ma’lumtlarga ega boling.