Qirg‘izistonda tahsil olayotgan talabalar diqqatiga!
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Qirg‘iziston Respulikasi Vazirlar mahkamasining 2023-yil 10-oktyabrdagi 541-son qaroriga muvofiq, "Chet el fuqarolarining mamlakatda bo‘lish tartibi to‘g‘risida nizom"i tasdiqlangan.
Yangi nizom bo‘yicha, agar chet el fuqarosi mamlakatda 60 kun davomida ro‘yxatdan o‘tmasdan qolsa, u viza uchun ariza topshirishi yoki shu vaqt ichida mamlakatni tark etishi kerak. 60 kunlik muddatni to‘ldirib, Qirg‘izistondan chiqib ketgan fuqarolarga yana 60 kundan keyin kirishga ruxsat beriladi.
Chet el fuqarolarining mamlakatda qolish muddati chegarani kesib o‘tgan kundan boshlab 00:01 dan boshlab kalendar kunlarida hisoblanadi.
Hisoblash Tashqi migratsiyani hisobga olish tizimi(TMEBT)ning avtomatlashtirilgan tizimi tomonidan amalga oshiriladi. Tizimga kirishning imkoni bo‘lmagan yoki tizim ishlamagan taqdirda, hisob-kitob davlatning vakolatli organi tomonidan xorijiy fuqaroning amaldagi hujjatidagi kirish/chiqish sanasini hisoblagan holda amalga oshirilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan ushbu mamlakat hududida bo‘lib turgan talabalar, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarni Qirg‘iziston tomonidan qabul qilingan ushbu qaror talablariga rioya etishlari tavsiya etiladi.
O‘zbekistonning O‘sh shaxridagi Bosh konsulxonasi, O‘zbekiston yoshlari umumjahon assosiatsiyasining Qirg‘iziston Respublikasidagi vakilligi