Qishki ta’til cho‘zilishi mumkinmi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Sobiq deputat Rasul Kusherbayev o‘zining telegram kanalida yozmoqda:
"Anomal sovuq kirib kelmoqda. 9-11 yanvarda respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘adi. 10-15 yanvarda respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘ladi. Harorat kechalari 12-17 sovuqgacha, kunduzi 5-8 daraja sovuqgacha, shimolda kechalari 17-22 sovuqgacha, Ustyurtda va cho‘l hududlarda 25-27 sovuqgacha, kunduzi 7-10 daraja sovuqgacha, janubda va Farg‘ona vodiysida kechalari 5-10 sovuqgacha, kunduz kunlari 2-5 daraja sovuqgacha pasayadi. Demak hozirdanoq uylarni va ish joylarini isssiqlik bilan uzluksiz ta’minlash choralarini ko‘rib qo‘yish kerak.
Ta’lim muassasalari uchun ta’til muddatini cho‘zish masalasini ham o‘ylab ko‘rish kerak bo‘ladi."
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, ko‘plab oliy ta’lim muassasalari qishki ta’til muddatlarini uzaytirganligi aytilmoqda. Oliy va O‘rta maxsus vaziri matbuot kotibining telegram kanalida bu gap haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi haqida rasmiy ma’lumot berilgandi, lekin hozirda ushbu post o‘chirib yuborildi.