⚡️ Hududlarda qishki ta’til yana uzaytirilmoqda

17.01.2023 11:20
⚡️ Hududlarda qishki ta’til yana uzaytirilmoqda
IELTS imtihonlariga Professional ustozlarning IELTS videodarslari bilan BEPUL tayyorlaning.
– Registon o‘quv markazi

⚡️ Hududlarda qishki ta’til uzaytirilmoqda. Ma’lumotlar yangilanadi:

➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi bog‘cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida qishki ta’til 23-yanvarga qadar uzaytirildi.

➖ Toshkent shahridagi bog‘cha va maktablar, shuningdek oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida qishki ta’til 23-yanvarga qadar uzaytirildi.

➖ Toshkent viloyatidagi bog‘cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida qishki ta’til 23-yanvarga qadar uzaytirildi

➖ Surxondaryo viloyatidagi bog‘cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida qishki ta’til 23-yanvarga qadar uzaytirildi.

➖ Xorazm viloyatidagi bog‘cha, maktab va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida qishki ta’til 23-yanvarga qadar uzaytirildi.

➖ Andijon viloyatidagi bog‘cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida qishki ta’til 23-yanvarga qadar uzaytirildi.

➖ Buxoro viloyatidagi bogʻcha, maktab, professional ta’lim muassasalari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy ta’lim muassasalarida qishki ta’til 23-yanvarga qadar uzaytirildi.

➖ Namangan viloyatida bog‘cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida qishki ta’til 22-yanvarga qadar uzaytirildi.

➖ Qashqadaryo viloyatida bog‘cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida qishki ta’til 22-yanvarga qadar uzaytirildi.

➖ Navoiy viloyatidagi davlat bog‘chalari 19-yanvardan to‘liq o‘z ishini boshlaydi.

➖ Sirdaryo viloyatida bog‘cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda qishki ta’til 22-yanvarga qadar uzaytirildi (bungacha 18-yanvargacha edi). Sirdaryo viloyatidagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida ham o‘quv jarayonlari 23-yanvar, dushanba kundan boshlanadi.