Qurolli Kuchlar akademiyasiga o‘qishga kirish tartibi qanday?
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) 1-fevralidan 31-martgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. O‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar tomonidan mudofaa ishlari bo‘limlariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- ariza (bildirgi);
- chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi;
- nomzod tomonidan qo‘lda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
- anketa;
- o‘qish, ish yoki xizmatni o‘tash joyidan (agar o‘qiyotgan, ishlayotgan yoki xizmatni o‘tayotgan bo‘lsa) tavsifnoma hamda ma’lumotnoma;
- ota-onasining OHTMga o‘qishga kirishiga rozilik xati (voyaga yetmaganlar uchun);
- 3×4 sm o‘lchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 4,5×6 sm o‘lchamdagi 4 ta fotosurat (bosh kiyimsiz);
- OHTMga o‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (asli va nusxasi).
Quyidagi hujjatlar mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi:
- shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
- tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
- ma’lumoti to‘g‘risidagi (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional) hujjatlar (asli va nusxasi) hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusxasi.
Nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda, chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi shaxsan ko‘rsatiladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar
Keyingi navbatda amalga oshiriladigan harakatlarni Mudofaa vazirligining normativ hujjat talablariga asosan mudofaa ishlari bo‘limlari belgilab beradi. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi 12 ta yo‘nalish bo‘yicha quyidagi mutaxassislarni tayyorlamoqda.
Akademiyada bakalavrlarni tayyorlash uchun Umumqo‘shin qo‘mondonlik fakulteti va quyidagi kafedralar faoliyat yuritmoqda:
- Harbiy boshqaruv va liderlik;
- Harbiy razvedka;
- Umumiy taktika;
- Jangovar ta’minot;
- Moddiy ta’minot;
- Texnik ta’minot;
- Qurolli kuchlarda axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik;
- Chegara faoliyati;
- Chegara san’ati;
- Qurollanish va otish;
- Jismoniy tayyorgarlik va sport;
- Tillar kafedrasi;
- Tabiiy fanlar;
- Milliy iftixor va harbiy-vatanparvarlik;
- Harbiy psixologiya va pedagogika;
- IIV qo‘shinlarini tayyorlash.
Qurolli Kuchlar akademiyasida kursantlar 4 yil tahsil oladi va o‘qish davridagi barcha sarf-xarajatlar Mudofaa vazirligi tomonidan qoplanadi.